O‘quvchilar harbiy qismda

Date:

O‘quvchining egniga harbiylik libosini kiydirib, harbiycha hayot tarziga olib kirsangiz, ularning mas’ulligi oshganini, daxldorlik hissi bilan mashg‘ulotlarga sho‘ng‘ib ketganini kuzatishingiz mumkin. Yoshlarni harbiylar hayoti bilan tanishtirish maqsadida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizoni umumqo‘shin dala poligonida joylashgan harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

“Ochiq eshiklar kuni”da Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari harbiy qism faoliyati, askarlar hayoti, harbiy xizmatchilarning yashash tarzi, hududdagi kutubxona, harbiy qurol-aslahalar, mashq maydonlari, harbiylar oshxonasi va yotoqxonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng, o‘quvchilarga harbiy qism hududida tashkil etilgan tikuvchilik sexida tayyorlangan harbiy liboslarda dala poligonida jangovar qurollardan o‘q otish mashqlarida ishtirok etishdi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar uchun “Vatanparvarlik soati” darslari ham tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarimiz ongida Vatanga muhabbat ruhini shakllantirishda mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun