106 NAFAR BOLAJONNING SUNNAT TO‘YI BO‘LIB O‘TDI

Date:

Farzandimizga sunnat to‘yi qilishimiz ham farz, ham qarz amallarimizdandir. Ota-ona sifatida o‘g‘il farzand ulg‘aytirib o‘stiryapmizmi, ayni jihatlar haqida o‘ylaymiz. Jarqo‘rg‘on tumani hokimi E. Avazov tuman otasi sifatida tumandagi 106 nafar bolaning sunnat to‘yini boshlab yuborgani vohada duv-duv gap bo‘ldi. Tumandagi Neftchilar mahallasida joylashgan “Shohsaroy” to‘yxonasida boshlangan karnay-surnay sadolari esa barchani ana shu shodiyonaga chorladi.
To‘y to‘ybolalarni tabriklab, ularga esdalik sovg‘alari topshirishdan boshlandi. Bugungi kun sababchilari bo‘lmish bolajonlarning esa quvonchi cheksiz. Ana shunday quvonchga sherik bo‘lgan ota-onaar, yor-birodarlar bezatilgan dasturxon atrofida o‘tirib, dildan suhbat qurdilar, xursandchilik qildilar. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar esa barchani raqsga chorladi.

Oldingi sahifaTarbiya
Keyingi sahifaMas’uliyatli tadbir

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun