Zakovatlilar bir manzilda jam

Date:

“Zakovat” intellektual o‘yini har bir yoshni o‘ylashga, mushohada qilishga chorlaydi. O‘yinni tomosha qilayotganlar uchun ham berilayotgan savollar qiziq ahamiyat kasb etadi. Ammo, vaqt degan oliy hakam chegaralangan. Bir daqiqa davomida berilgan savolga javob topish kerak. Balki savolning o‘zida javobi ham yashiringandir. Muhimi ziyratlik va topqirlikda, intellektualda…
Ayni shuning uchun ham “Zakovat”ga qiziquvchan yoshlarning soni ortsa ortmoqdaki, kamaygani yo‘q. O‘quvchi-yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog‘lom raqobatni shakllantirish, do‘stlar orttirish, hurmat-e’tibor qozonish, o‘tib borayotgan vaqtni mazmunli o‘tkazish, bilmagan narsalarni bilib olish, ham g‘oliblik, ham mag‘lubiyat nashidasini tatib ko‘rishlariga imkon beruvchi “Zakovat” intellektual o‘yini “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasida Angor tumanida o‘tkazildi. Oʻyinining viloyat bosqichi ana shunday ezgu maqsadlarga qaratildi. Qizg‘in va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan o‘yinda jami 45 ta jamoa ishtirok etdi.
Natijalarga ko‘ra 1-o‘rin – Termiz shahar 9-umumta’lim maktabi jamoasiga nasib etdi va g‘olib jamoalar o‘yinning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun