Xorijdagi yoshlar bilan suhbat

Date:

Yurtimizda yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida to‘lqinlanib so‘zlaymiz. Bundan foydalanayotgan yoshlar esa hayotda o‘z o‘rinlarini topib, muvaffaqiyatga erishishmoqda. Munosib qo‘llab-quvvatlanayotgan yoshlar qatorida muxojirlikda ishlayotgan yoshlar ham shahar va tuman hokimlarining e’tibor markazida bo‘lib, ularning muammo va masalalari o‘rganib borilmoqda.
Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailovich hamda sektor rahbarlari va mahalladagi yoshlar yetakchilari xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan muzrabotlik yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. 368 nafar yosh ishtirok etgan muloqotda tuman hokimi yosharning qanday ishlar bilan band ekani haqida so’rab, mabjud muammolarini o’rgandi. Shuningdek, xorijdagi yoshlarning yashash sharoiti va o‘qish jarayonlari bilan qiziqdi. Ularning takliflari va tashabbuslarini tingladi.
Xorijdan tumanga qaytganligi yoshlarning har biriga davlatimiz tomonidan ko‘mak berilganligi haqida ham ma’lumot berib o‘tildi. Onlayn uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. 10 nafar yoshning talaba krediti, tadbirkorlik, ishga joylashish, tashakkur bildirish va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlarini ijobiy hal etish choralari belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun