O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH MAQSADIDA

Date:

Bugungi kunda maktablarda nafaqat ta’lim-tarbiya beriladi, balki kasb-hunar sirlari ham o‘rgatib boriladi. Bu esa maktabni bitirgan o‘quvchi o‘qishning keyingi bosqichini davom ettira olmasa, o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha o‘z-o‘zini band qilishi, tadbirkorlikka qo‘l urishi mumkin. O‘quvchi-yoshlarning kasb-hunarga qiziqishlarini oshirish, motivatsiya berish maqsadida Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari “Muzrabot Indenim klaster” MCHJga qarashli paxta zavodiga tashrif buyurishdi.
Zavodga sayohat mobaynida o‘quvchilarga tajribali xodimlar tomonidan zavod faoliyati haqida tushunchalar berildi hamda oʻquvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Shuningdek, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va “Muzrabot Indenim klaster” MCHJ bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun