“Raqamli avlod qizlari” loyihasida

Date:

IT sohasiga e’tibor tobora ortib, har besh nafar yoshdan to‘rt nafari ITga qiziqish bildirayotir. Yigit-qizlarning orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida hududlarda IT markazlari va turli loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish maqsadida “Raqamli avlod qizlari” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
Mazkur loyiha 2021-yildan buyon muntazam tashkil etib kelinmoqda va hozirga qadar 5 marta o‘tkazilgan. 2022-yilda esa “Raqamli avlod qizlari” loyihasida ishtirok etish uchun 1500 nafar qiz ro‘yxatdan o‘tgan va 60 nafar qiz offlayn darslarda ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil Termiz, Nukus va Namanganda bo‘lib o‘tgan loyiha mashg‘ulotlarida 300 nafar qiz qatnashdi. Joriy yilda Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan “Raqamli avlod qizlari” IT oromgohida 20 nafar afg‘onistonlik qizlar ham ishtirok etdi.
Ushbu IT oromgohi brending (fashion), biznes analitika, SMM&PR, dasturlash, grafik dizayn, robototexnika va start-up kabi yo‘nalishlarda tashkil etib kelinmoqda va ishtirokchilarga kerakli bilim hamda ko‘nikmalar berilmoqda. Mazkur loyiha doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilari qamrab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun