Kadastr Agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan sohaga oid yangi qabul qilingan qonun hujjatlari borasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, matbuot anjumanida sohaga oid qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berilib, ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Tushuntirishlar davomida “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va unga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshirilishi haqida tushuncha berildi.
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi. Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi. O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi. Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.
Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi. Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan suhbat shaklida o‘tkaziladi. OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
D.Qo‘zimurotova,
N.Muhibuloyev
(surat)