Tajriba-sinov ishlariga kelishildi

Date:

Surxon vohasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ayniqsa, paxta yetishtirishda unumdor tuprog‘i, munosib iqlim sharoiti bilan qulay hudud sanaladi. Fermer va dehqon-mirishkorlarimizning ham katta tajribasi borligi bu borada muvaffaqiyat va mo‘l hosil garovi bo‘lib xizmat qilayotir. Sohada yangicha innovatsiya, texnolgiyalarni hamda yangi navlarni sinash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning “Livagro” firmasining ta’sischisi, oliy toifali agronom Bilol Talmach boshchiligidagi olimlar guruhini qabul qildi.
Uchrashuvda “Livagro” firmasining paxtachilik va urug‘chilik sohasida olib borayotgan tadqiqotlari, erishgan natijalari, yaratilgan yangi navlar hamda yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha taqdimotlari bilan tanishildi.

Taqdimot muzokaralarga ulandi. Yakunda Surxondaryo viloyatida klasterlar bilan hamkorlikda 10 ming gektar maydonda zamonaviy paxta yetishtirish texnologiyasiga asosan hosildor paxta navlarini yetishtirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borishga kelishildi.
Kelgusida tajriba o‘zini oqlab, ko‘zlangan maqsadga erishilsa, Turkiya firmasi bilan hamkorlikda paxta yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Bir nechta davlatda tajriba ishlarini olib borgan firma tomonidan taklif etilayotgan paxta yetishtirish texnologiyasi orqali urug‘ ekishdan hosil yig‘ishtirib olishgacha bo‘lgan jarayonlar to‘liq texnikalar yordamida amalga oshiriladi va o‘rtacha 60 sentner hosildorlikka erishish maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun