Kitobxonlar munosib taqdirlandi

Date:

Mutolaa zavqli jarayon. Sevimli asarlarimizni o‘qishimiz bilan xayolotimizda go‘yo voqealar tasvirlanadi, ong-u shuurimiz, qalbimiz ila his etamiz, quvonamiz, og‘riqlardan ingranamiz. Ha, mutolaa ana shunday ma’naviy ozuqa bo‘lib, hayotimizni o‘zgartirib, dunyoqarashimizni boyitadi. Olamga teran nigohlar bilan qaray boshlaymiz.


Shu sababdan ham yurtimizda yoshlarni mutolaaga qiziqtirish, ma’naviy olamini boyitish maqsadida turli tanlovlar, kechalar, festivallar-u tadbirlar uyushtirilib kelinmoqda. Shubhasizki, ana shunday tadbirlar, kitobxon yoshlarning asarlar muhokamasi-yu munozarasi kitobxonlar safini kengaytirishga xizmat qilayotir.
Bu yilgi “Kitobxonlik festivali”ning aynan Surxondaryoda o‘tkazilishi vohalik kitobxon yoshlarning ko‘nglini xushnud ayladi. Festival Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida boshlandi. Ushbu festival yosh-u keksa kitobxonlarni bir yerda jam eta oldi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayevning tadbirni ochib berishi, o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, yoshlarni kitob bilan do‘st tutinish borasida aytgan qimmatli fikrlari barchaga manzur bo‘ldi. Shundan so‘ng, festival doirasida bo‘lib o‘tgan “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” kabi bir qator ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Aytish kerakki, “Eng faol kitobxon o‘quvchi” sifatida 1-o‘rin sohibi Muzrabot tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mahliyo Abduraxmonova deya e’tirof etilgan bo‘lsa, sho‘rchilik Shomurodovlar oilasi “Eng kitobxon oila” sifatida rag‘batlantirildi. O‘quvchi-yoshlarni kitobga bo‘lga mehr-muhabbatini oshirishda o‘zining xizmatini ayamagan Qiziriq tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktab kutubxonachisi Nafosat Bachchiboyeva esa birinchi o‘rin bilan taqdirlanib, mehnati yuqori baholanganidan boshi osmonda.

Ilm-u ma’rifat tantanasi ana shunday ko‘tarinki ruhda nishonlanar ekan, kitobga bo‘lgan mehr yo‘qolmaydi. Yoshlarning qo‘lidan kitob tushmay, o‘qishga, izlanishga tutinishaveradi.


Kitobxonik festivali ajoyib kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi va barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Dildora Vahidova,
Islom Mengliyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun