INNOVATSION BOG‘ChA ISh BOShLADI

Date:

Oltinsoy tumani markazidagi “Bo‘ston” mahallasida “STEAM“ ta’lim tizimiga ixtisoslashgan innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Qiziq, innovatsion bog‘cha qanday bo‘ladi? Bunday bog‘chalar har bir bolaning qiziqishlariga alohida yondashib, murakkab nazariy hamda amaliy masalalarni hal etishdagi potensialini namoyon etishda ko‘maklashadi.
Ana shunday maqsadni ko‘zlagan maxsus ta’lim dasturiga asoslangan faoliyat bolalarning har tomonlama rivojlanishlari uchun xizmat qiladi. Bu esa ta’lim jarayonida ularning ham ijtimoiy, ham aniq fanlarni bir xilda yaxshi o‘rganishlarini bildiradi.
Qolaversa, uchbu maktabgacha ta’lim tashkilotida yuqori malakali va ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, bolalar ta’lim-tarbiyasi hamda sog‘ligining barcha jihatlariga e’tibor qaratiladi. Aynan shu maqsadlar uchun bog‘chada, immunitet tizimini mustahkam saqlash uchun sport zallari mavjud. Bundan tashqari, sifatli ovqatlanish menyusi ishlab chiqilgan.
Farzandlarning kelajakda kim bo‘lib ulg‘ayishlari ota-onalar uchun muhim masala. Shu sababdan ham pedagoglar bolalardagi qobiliyatlarni o‘z vaqtida ilg‘ab olib, ularni rivojlantirishga yordam berishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun