To‘yga to‘yona bilan…

Date:

To‘y to‘yga, yaxshi amallarimiz ezgulikka ulansa, albatta, kishini quvontirmay qo‘ymaydi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yillik shodiyonalari qalbimizga bir olam shodlik va quvonch ulashgan bo‘lsa, ayni ayyom arafasida Termiz shahrining “Jayxun” va Abdulla Avloniy mahallalari infratuzilmasini yaxshilash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgani qo‘shaloq bayram bo‘lgan bo‘lsa, ijtimoiy himoyaga muxtoj, kam ta’minlangan oilalarning 19 nafar farzandiga xayriya sunnat to‘ylari o‘tkazilganining xurandchiligi-yu hayajonini so‘z bilan ifodalash qiyin.
Asosiysi shuncha oilaning, qanchalab qorako‘zning ko‘ngil uyi obod etildi. To‘yda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, sektor rahbarlari, shahar mutasaddilari, nuroniylar, faollar va keng jamoatchilik vakillarining ishtirok etib, xalqning xursandchilik kunlarida ham yonlarida bo‘lishganiga nima deysiz? Sunnat to‘ylari o‘tkazilayotgan bolajonlarga to‘yona sovg‘alar berildi.
Shuningdek, Termiz shahridagi 37 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash tadbirlariga biriktirilgan boshqarma va tashkilotlar rahbarlarining 14 nafariga viloyat hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun