BILIMLAR SARI ChORLAB…

Date:

Bugun hayajonli kun. Maktablarda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi va yangi o‘quv yili boshlandi. Termiz tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchi yoshlari ham ana shunday kechinmalarni boshidan kechirdilar.
O‘quv yilining ilk kunida mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami hamda “Bilimlar kuni” keng nishonlandi. Tadbir o‘quvchi va ustozlar, ota-onalar bilan yanada fayzli o‘tdi. Ushbu quvonchli daqiqalarga Termiz tumani Shuxrat Nazarov ham sherik bo‘lib, ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan qutlab, ularga omadlar tiladi.


Keyingi navbat esa maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan dasturga berildi. Ular ijrosidagi ajoyib ko‘y-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbir davomida maktabga ilk marotaba qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” tantanali topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun