Jarang sochdi birinchi qo‘ng‘iroq

Date:

Bugun erta tongdan o‘zgacha quvonch, yuqori kayfiyatda Surxondaryo viloyatidagi barcha ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Termiz shahridagi 9-umumta’lim maktabida ham o‘quvchi-yoshlar ustoz va murabbiylar boshchiligida yangi o‘quv yiliga peshvoz chiqdilar.


Maktabda tashkil etilgan tadbir ko‘tarinki ruhda boshlandi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam tashlayotgan birinchi sinf o‘quvchilarining hayajoni cheksiz. Ana shunday kayfiyatda boshlangan tadbirda viloyat prokurori o‘rinbosari ishtirok etib, barchani yangi o‘quv yili bilan qutladi, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.


Albatta, e’tirof etish kerakki, o‘tgan o‘quv yili o‘quvchilar uchun omadli yil bo‘ldi. Ular turli tanov va musobaqalarda, tadbirlarda ishtirok etishdi. O‘z bilim va mahoratlarini, iqtidorlarini namoyon etishdi. Turgan gapki, yangi o‘quv yilida ham o‘quvchilardan ana shunday jonbozlik ko‘rsatib, qunt va ishtiyoq bilan o‘qishlari talab etiladi. Tadbir davomida ana shunday faol va iqtidorli o‘quvchilar, qolaversa, yozgi ta’tilda turli tanlov va musobaqalarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh o‘qituvchi va o‘quvchilar munosib rag‘batlantirildi.


Taqdirlash o‘quvchilar ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlarga ulanib, barchaga manzur bo‘ldi. Yakunda esa intiqlik bilan kutilgan birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi. Birinchi qo‘ng‘iroq sadosi ostida o‘quvchilar mustaqillik darslariga kuzatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun