Yuridik yo‘nalishi OTMlarining talabalari ishlashiga ruxsat berildi

Date:

Talabalarning o‘qish bilan bir paytda ish faoliyatini olib borishlari mumkin emasligi ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘layotganidan xabarimiz bor. Shuni ham ta’kidlash lozimki, bu holat nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etilmasdan qolishiga sabab bo‘layotgani ham bor gap. Ayni jihatlar inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan bitiruvchi kursdagi yuridik oliy ta’lim muassasalari talabalariga joriy yilning 1-sentyabridan o‘qishdan bo‘sh vaqtda advokatning yordamchisi sifatida ishlashga ruxsat beriladi.
Bundan kutilayotgan maqsad – advokatura sohasiga yosh kadrlarni faol jalb qilish va ularning bilim va ko‘nikmalarini boyitishdir. Ushbu o‘zgarishlar advokatura sohadida olib borilayotgan islohotlar doirasida amalga oshirilib yoshlar o‘rtasida ushbu sharafli kasb egalari bo‘lishga turtki beradi. Hozirda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilib, tegishli tartibda parlamentga kiritilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun