TerDU TTJ: 2885 nafar talaba-yoshni o‘z bag‘riga olishga shay

Date:

Talabalar turar joyida yashamoqlikning o‘z gashti bor. Buni u yerda yashaganlargina his eta oladi. Yangi o‘quv yili boshlanadigan bir paytda talabalar yotoqxonalarga joylashishning taradduni ko‘rayot bo‘lishsa, aytish kerakki, o‘z navbatida talabalar turar joyida, xususan Termiz davlat universitetining TTJda ham 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in ketmoqda.


Darsdan keyin vaqti yotoqxonada o‘tadigan talabalarning puxta bilim olishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, qolaversa, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida barcha qulayliklar yaratilmoqda.
Yotoqxona fayelari yangidan ta’mirlanib, yumshoq mebellar bian jihozlangan va shinam ko‘rinish kasb etgan. Oshxonada ham shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida qo‘shimcha mebellar bilan ta’minlangan. Ma’naviyat xonalarida ham yangi jihozlar va kompyuter jamlanmalari badastir bo‘lib, yoshlar bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Qolaversa, talabalarning jismonan chiniqishlari ham e’tibordan chetda qolmagan. Sport zallariga sport invertarlari olib kelib o‘rnatilgan.


Ayni paytda oliygohdagi 6 ta talabalar turar joyida ana shunday qulayliklar yaratilgan bo‘lib, 2885 nafar talaba-yoshni o‘z bag‘riga olishga shay.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun