Kitob taqdimoti

Date:

Kimdir kitobni ilm-u ma’rifat o‘chog‘i sifatida qarasa, kimlardir biznes sifatida qabul qiladi. Kim kitobni qanday qabul qilsa, turgan gapki, u o‘sha foydani beradi. Qunt va ixlos bilan o‘qiganning ma’naviyati yuksalib, dunyoqarashi o‘ssa, biznes yo‘lini tutganlar ham daromad ko‘rmay qolmaydi.
Yana shunday ilm ahli borki, ular kitobga jam bo‘lgulik bilimlarini yozib, kelajak avlodga meros qoldiradilar. Boysunlik ijodkorlar Karamatulloh Karimov va Kamol Hamroqulovlarning “Darband ma’rifat maskani” nomli kitoblarini chop etib, ana shunday maqsadni ko‘zladilar.
Boysun tumanidagi 61-sonli maktabda ushbu kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitobxon ustoz va murabbiylar, yoshlar ishtirok etgan taqdimotda “Darband ma’rifat maskani” nomli kitobning mazmun-mohiyati haqida mualliflarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Albatta, hech bir asar o‘z-o‘zidan yaralib qolmaydi. Uning yaralishida mualliflar mehnati, izlanishlari yotadi. So‘zga chiqqanlar asar mualliflarni serqirra ijodlarini yuqori baholab, mehnatlarini e’tirof etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun