Murojaat hal etildi

Date:

Xalq qabullarining o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad fuqarolarni qiyab kelayotgan muammolarga munosib yechim topib, ularning mushkulini oson, og‘irini yengil qilish ko‘zlanadi. Ba’zida e’tiborimizni tortadigan jihat shuki, ana shunday qabullar haqidagi xabarlardan keyin ketadigan muhokamalardagi bosh mavzu — bunday qabullarning nomigagina o‘tkazilishi, aslida hamma masala o‘z holicha qolishi, bunday qabullardan xalqning ko‘ngli qolgani aytiladi. Nahotki, rostdan ham shundaymikan, degan savol tug‘iladi. Ammo, Termiz tumani “At-Termiziy” mahallasida yashovchi, para suzish bo‘yicha mamlakat chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Samandar Xudoynazarov bunday emasligini amalda isbotladi.
Sababi, Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida viloyat hokimining yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida Samandar Xudoynazarov ham bor edi. Sportchi mashg‘ulotlarga kelib-ketishda foydalanish uchun elektroskuter olishda amaliy yordam so‘radi. Shu kuni viloyat rahbari kelib tushgan barcha murojaatlarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatlar bilan vazifalar yukladi. Boshqalar singari sportchining ham murojaati shu kunning o‘zida hal etilib, Samandarga elektroskuter yetkazib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun