Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda…

Date:

O‘qituvchilik sharafli, ammo zahmatli ish. Har bir yoshga ta’lim-tabiya berar ekan, auditoriyadagi barcha o‘quvchi-yoshning e’tiborini jalb eta olishi lozim. Fan sirlarini yuz foiz o‘rlashtirishlariga erishar ekan, demak u ko‘zlagan maqsadiga yetdi deyish mumkin. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, shunchaki nomiga maktabga kelib, dars soatlarini o‘tib ketadiganlar ham, kun o‘targa ishlaydiganlar ham afsuski bor. Shuning uchun ham o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda ma’lum bir mexanizm va talablar ishlab chiqilishi lozimligi, xullas bu jihat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi. Ana shunday jihatlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Prezidentining tegishli Farmoni qabul qilindi. Farmonga (https://lex.uz/docs/6476175) asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab, bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.
“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi. Shu munosabat bilan, vazirlikning 2023-yil 9-avgustdagi tegishli xati bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun