Nur

Date:

Saydi aka otadan yosh etim qoldi. Orqasidan tog‘asi, akasi, yana bir nechta qarindoshi birma-bir u dunyoga rihlat qildi. Saydi akaning onasi ezilib ketdi. Ko‘zimgayu qalbimga quvonch bo‘lsin deya o‘g‘lini yosh uylantirdi. Bir yil o‘tar-o‘tmas o‘g‘il nabirali bo‘ldi. Yo‘qotganlarimning o‘rnini to‘ldirdi deb uni erkaladi. Tarafkashi bo‘ldi, xaloskori bo‘ldi — ota-onasi oddiygina tanbeham berolmadi. Katta bo‘lgan sari erkalashlarning natijasi ko‘rinar — arzanda takasaltangga aylanib borardi. Bolaning holini ko‘rdiyu buvi ham nabirani ota-onasiga topshira qoldi:
— Bolangga yaxshilab tarbiya bersang bo‘lmaydimi?! Kimga tortgan bu, bizdan hali bunaqa betuturuq chiqqani yo‘q!
Ko‘cha bolasiga aylantirilgan bola ota-onasiga bo‘ysunarmidi…
Ko‘p hunar ko‘rsatdi. Uylanibam — xuddi ipini uzgan buqaday — kechalari ko‘cha daydir, uydan chiqishi bilan telefonining antennasi o‘chadigan bo‘ldi.
Farzandli bo‘ldi. Shiringina o‘g‘il ko‘rdi. Bobosining jonu dili bo‘ldi. Bobosi bilan kun o‘tkazardi.
Saydi aka bir kuni o‘g‘li bilan ekinlarga qararkan, o‘ynab yurgan nevarachasiga teshacha bilan keldi. Dadasining yonidan go‘yoki ishlay boshladi. Dadasiga qaradi, chopiq qilingan ekin tuprog‘ini kartoshka yuziga tortyapti. O‘zicha dadasiga taqlid qilib ishlay boshladi. Teshacha bilan tuproq tortdi. Saydi akaning esa yuziga tabassum yugurdi:
— Xayriyat, endi uyda hech kim bo‘lmasayam xavotir olmasamam bo‘laveradi. Mabodo kimlargadir qo‘ng‘iroq qilib tusholmasamam yonimdan ajralmaydigan odam tuproq tortishni biladi…

G‘. Umarxonov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun