Davlat aktivlari xususiylashtirilmoqda

Date:

Hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish, xususiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, bu borada ochiqlik hamda oshkoralikni ta’minlash, korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga sotish, iqtisodiyotda xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish maqsadida bir qator farmon va qarorlar qabul qilinayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Keyingi yillarda davlat aktivlarini xususiylashtirish, bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish bo‘yicha viloyatimizda ijobiy natijalarga erishilayotgani ham sir emas.


— Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022-yil davomida jami 124 ta davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 32 ta davlat aktivlari 70,1 milliard so‘m qiymatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilishiga erishildi, — deydi Surxondaryo viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Oripov. — Bundan tashqari, 2022-yil davomida tadbirkorlar va fuqarolar uchun 6060 ta (202,6 gektar) yer uchastkalari qiymati 74 milliard so‘mga boshlang‘ich narx bilan baholanib, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan, shundan 909 ta 54,1 gektar yer uchastkalari 18,2 milliard so‘mga sotilishi ta’minlandi.


Keyingi yillarda davlat aktivlarini va yer uchastkalarini xususiylashtirish, bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ular negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida aniq mexanizmlari joriy etildi. Ayniqsa, tadbirkorlarga yer, bino va inshootlarni ajratishning elektron, shaffof va adolatli tizimi joriy qilinganligi tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siq va muammolarni hal etilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.


— Bu borada Surxondaryo viloyatida 2022-yil va 2023-yilning yetti oyligida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tsam, — deydi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktor o‘rinbosari Bekzod Usmonov. — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022-yil davomida jami 124 ta davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 32 ta davlat aktivlari 70,1 milliard so‘m qiymatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilishiga erishildi.


Surxondaryo viloyatida xususiy sektorlarga sotilgan hamda sotilishi rejalashtirilgan davlat aktivlari bo‘yicha o‘tkazilgan press-tur davomida davlat aktivlari xususida ma’lumotlar berib borildi. Jumladan, Temir yo‘l shifoxonasining ma’muriy bino-inshootlari bugungi kunda investor “ZEF TEHTILE” MChJ tomonidan 120 milliard so‘mdan ortiq investitsiya kiritish orqali zamonaviy texnalogiyalar asosida tayyor trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilgan. Quvonarli jihati esa unda 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlarining yaratilganligidir. Termiz tumanida joylashgan dam olish maskanida esa investor “Universal Argalit” MChJ tomonidan 10 milliard so‘mdan ortiq investitsiya kiritish orqali zamonaviy dam olish maskani tashkil etilgan va unda 30 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Dildora Otaqulova,
Naimullo Muhibulloyev
(surat)

Oldingi sahifaJahon chempionatida uchinchi
Keyingi sahifaNur

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun