Volontyorlik taklifi uchun mablagʻ ajratiladi

Date:

Volontyorlik begona tushuncha emas. Balki o‘zbekning qon-qoniga, joniga singigan tushuncha shunchaki yangi nom ostida atala boshladi. Sababi xalqimiz o‘zgalarga yaxshilik, ezgulik ulashishni qadriyat sifatida qaraydigan xalq. Volontyorlarimiz esa bugungi kunda qo‘lni-qo‘lga berib, birdamlikda yo‘qsillar holidan xabar olishni, to‘y-u tomoshalar o‘tkazib berishni, turli aksiya va loyihalar bilan ko‘ngillarni shod etishni yo‘lga qo‘yishgan.
Volontyorlar o‘z bilim va malakasini oshirish maqsadida esa turli tadbir va o‘quv mashg‘ulotlari, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etib kelishmoqda. Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan oʻzlarining volontyorlik loyihalari bilan roʻyxatdan oʻtgan 35 nafar eng faol mentor hamda ekovolontyorlar ishtirokida “Dizayn – fikrlash usuli asosida loyiha yozish laboratoriya” oʻquv mashgʻulotlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur laboratoriya mashgʻulotlari har bir volontyor uchun qiziqarli va muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda ishtirokchilarga volontyorlik loyihalarini qanday amalga oshirish sirlari haqida ma’lumotlar berildi. Ana shunday loyihani tayyorlash davomida nimalarga eʼtibor berish kerakligi haqida tushuntirildi.
Eslatib o‘tish joizki, volontyorlarga o‘z volontyorlik takliflarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 5 ta eng yaxshi volontyorlik loyihalari tanlab olinib, ularni amalga oshirish uchun BHMning 200 baravarigacha mablag‘ ajratiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekoaksiya o‘tkazildi

Bir kishining qilgan ishlari ko‘plarga ibrat bo‘la oladi. Shunday...

Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va...

E’tibor va e’zoz

Mahalla "yettiligi" tomonidan "Xonadonbay" o‘rganish natijasida fuqarolarning ehtiyojidan kelib...

Inson qadri ulug‘langan yurt o‘zgarishlar ostonasida

Oddiygina elektr pechingiz bo‘lsa, non, pishiriqlar pishirib, dasturxoningizni bezaysiz,...
KunTun
KunTun