SURXONDARYO VILOYATIDA “ObodYurt” yoshlar chellenji

Date:

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjomlik va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bugun yurtimiz bo‘ylab yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan “Obod yurt yoshlar chellenji” doirasida hashar tashkil etildi.
Erta tongdan Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari, yoshlar yetakchilari hamda ko‘ngilli yoshlar hashar ishlariga kirishib ketdilar. Ana shunday faollik natijasida hududdagi daraxtlar osti yumshatildi, ularga shakl berilib, oqlandi. Ariqlar tozalandi. Shuningdek, mahallada joylashgan qabriston hududida tozalash ishlarini olib borildi.
Ko‘p bilan boshlangan ishda unum bo‘ladi deganlaridek, birdamlikda, hamjihatlikda o‘tkazilgan hashar natijasida ko‘chalar toza va ozoda ko‘rinish kasb etdi. Ko‘rgan ko‘zni quvontirib, ko‘ngilga shodlik ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Otalar namuna ko‘rsatdi

​Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi”...

Sportchimiz kubok g‘olibi

Sportdagi yutuqlar hududlarda sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...
KunTun
KunTun