Tanqidiy muhokama qilindi

Date:

Qaysi vazifada faoliyat yuritmaylik, zimmamizdagi mas’uliyatni sidqidildan bajarishga urinmas ekanmiz, qilayotgan ishimizdan nima naf? Kimgadir foydamiz tegmas, nimanidir o‘zgartira olmas ekanmiz bizdan na iz va na nom qoladi. Afsuski, viloyatimizda ba’zi rahbar va mas’ullar ana shunday ishlashni, soyadek bo‘lishni o‘zlariga ep bilishdi. Qumqo‘rg‘on tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida videoselektor yig‘ilishida ayni shu jihatlarga e’tibor qaratildi va viloyatda mavjud davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonlarini sifatli tashkil etish holati va boshqa masalalar muhokama qilindi.


Viloyat hokimining topshirig‘i bilan Jarqo‘rg‘on, Angor, Termiz, Muzrabot, Qiziriq, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlarida soha mutaxassislari va OAV vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan bog‘chalar faoliyati tanlanma asosida o‘rganildi. Muhokama avvalida ushbu o‘rganish davomida aniqlangan holatlar aks ettirilgan videolavha namoyish etildi.
Hududlarda o‘rganilgan bog‘chalarning ayrimlarida afsuski, obodonlashtirish ishlari qoniqarsiz. Bolalar ovqatini tayyorlash me’yorlariga rioya etilmagan. Ta’lim-tarbiya jarayonlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi esa achinarli holat deyish mumkin. Mana shunday xato va kamchiliklar aniqlangan qator bog‘cha mudiralari va mas’ullarini ishdan olish, ayrimlarini qonun doirasida javobgarlik tortish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Viloyat rahbari muhokama qilingan bog‘chalar misolida barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganiladigan va kamchiliklar bartaraf etiladigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun