CHORVADORLAR OILASIGA MA’RIFAT ULASHILDI

Date:

Sherobod tumani markazidan 85 kilometr olisda, Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh qismida purviqor tog‘lar orasida joylashgan so‘lim “Homkon” qishlog‘ida ham hayot qaynaydi. Odamlar turmush tashvishlari bilan yelib yuguradi, mehnat qiladi. Uzoq yillik tarixga ega mazkur qishloq aholisining asosiy mashg‘uloti esa chorvachilik.
Ana shu qishloqda yashovchi chorvadorlardan biri Chingiz Xo‘jamqulovdir. Albatta, chorva boqishning ham o‘z sir-asrorlari, mashaqqati-yu yengilliklari bo‘ladi. Quyosh tig‘ida bu yengillikni sezmaydiganlar ko‘pdir, ammo buni yolg‘iz chorvadorlargina biladi, his etadi. Chingiz aka bilan suhbatlashsangiz, fikrimiz rostligiga ishonasiz.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining bir guruh mas’ullar “Homkon” qishlog‘ida bo‘lishib, chorvador Chingiz Xo‘jamqulov xonadonida bo‘lishdi. Oila a’zolari bilan dildan suhbat qurishdi. Tadbir davomida chorvador oilasiga oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning farzandlariga kitoblar jamlanmasi berildi.

Oldingi sahifaDiqqat aksiya!
Keyingi sahifaMaqsadsiz kredit olinsa…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun