“Bobotog‘”da yangi pistazorlar tashkil etiladi

Date:

Tabiatimiz, iqlim-sharoitimiz bebaho. Yerga cho‘p suqsak, ko‘karib chiqadigan xususiyatga egadir tuprog‘imiz. Shunday ekan, ona yerning har qarichidan unumli foydalanib, ekin-tikin qilish, zaminimizni bog‘-u bo‘stonga aylantirishimiz mumkin. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Ro‘zigul Safarova “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligining “Fayzova” bo‘limini o‘rganish jarayonlarida pista yetishtirishda 4-aylanma 5-kvartaldagi imkoniyatlar bilan tanishdi.
Baland tog‘lar etaklarida pista urug‘larini ekish, yetishtirish va bu jarayonlarga tajribali o‘rmonchilarni jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Mazasi og‘izda qoladigan pista ham to‘yimli, ham foydali xususiyatga ega. Shu bilan birga bozor rastalaridagi narxi ham mazasi-yu xususiyatidek, ancha qimmat. O‘zimizda pistazorlar tashkil etilib, pista yetishtirish keng ommalashsa, tannarxda ham o‘zgarish qila olar… Aytish joizki, pista ekish uchun mo‘ljallangan ushbu kvartalda hozirgacha ekilgan pista ko‘chatlarini chorva mollarini kiritmaslik, ularni asrab-avaylash bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun