Barchani bir yerda jam etib…

Date:

Tinch va osuda yurtga to‘ylar, shod-u xurramlik yarashganidek, har bir kunimiz xursandchilikda o‘tayotganidan ko‘ngilda ajib shukrona hissini tuyamiz. O‘zbekmi, tojikmi, turkman, qay millat va elat vakili bo‘lmaylik, bir osmon ostida ahillikda, qavm-qarindoshlik rishtalari ila yashayotganimizda ham ko‘p hislat bor aslida. Termiz shahridagi San’at saroyida ana shunday ko‘p millatli xalqning birdamligini, ahil-inoq

yashayotganini tarannum etguvchi konsert dasturi ana shunday bag‘rikeng insonlarni bir yerda jam etib, xursandchilik qilishga undadi. Xalqlar do‘stligi kuni esa bunga bir bahonai sabab bo‘lib xizmat qildi. Sana munosabati bilan viloyatimizda faoliyat yuritayotgan rus, tojik, turkman milliy madaniy markazlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan katta bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Bayram kechasida vohamiz milliy madaniy markazlarining havaskor jamoalari sahnaga chiqib, o‘z ijrolarida bir-biridan ajoyib kuy-qo‘shiqlarni armug‘on etdilarki, ular o‘z chiqishlari bilan xalqimiz qalbidan joy olmay qolmadi. O‘zbekiston Filarmoniyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi ijodkorlari ishtirokida tinchlikni, do‘stlikni, vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Millatlar o‘rtasidagi do‘stlikning abadiy bo‘lishi tinch-totuv hayotimizning garovi ekanligi singdirilgan bayram tadbiri barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

S.Normurodova,
I.Mengliyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun