Tarixiy obyektga 13 milliard so‘m zarar yetkazildi

Date:

Tarixiy obyektlar o‘z qadimiy mahobatini saqlagan holda saqlanib kelinadi. Xo‘sh, nega shunday, hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bunday obyektlar o‘z davri, hayot tarzi va svilizatsiyasi haqida so‘zlaydi. Ushbu obyektga tashrif buyurganning qalbini, ong-u shuurini ana shunday hislar chulg‘ab oladiki, bu har bir insonni tarixga qiziqishiga, madaniy meros obyektlariga bo‘lgan hurmatini oshirishga, faxr-iftixor tuyg‘ularini mavjlantirishga xizmat qiladi.
Ammo, hammada ham emas. Aytganlarimizning zarracha qiymati bo‘lganida edi, fuqaro M.A Denov tumani “Qoraxon” mahllasida joylashgan I-XII asrlarga oid “Markaztepa” arxeologiya yodgorligi (0,21 ga) yer maydonlarida qonunchilik talablariga zid tarzda, o‘zboshmchalik bilan bog‘dorchilik qilmagan bo‘lardi…
Bu ham yetmagandek, fuqaro tomonidan ushbu tarixiy yodgorlikning 630m3 hajmdagi hududi buzib tashlanib, obyektga juda ko‘p miqdorda, ya’ni 13 milliard so‘m zarar yetkazilgan. Ushbu holat Denov tumani fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya tomonidan berilganiga nima deysiz?
Ayni paytda tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Aytish joizki, mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazilgan va aybdor shaxslarga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.
Qiziq, ba’zilarning ongi qachon o‘sarkin va shaxsiy manfaatidan ham ortiqrog‘ini ko‘ra olarkin…

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Turizm ko‘chasi” qurilishiga start berildi

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini...

Mehnat qadrlansa, yurak quvnaydi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son politexnikumida tashkil etilgan tadbirda 11 nafar...

“Kashta tikdim, ipaklari tillodan”

O‘zbek xalqining bebaho madaniy merosi — kashtachilik san’atini targ‘ib...

Raqobat kuchli, ishtirok muvaffaqiyatli

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchisi Shamshodbek Qurbonov xalqaro...
KunTun
KunTun