Istiqbolli loyihalardan biri…

Date:

Hududda ishbilarmonlik muhitining shakllanishi talab va taklif qonunini bir muvozanatda ushlashga xizmat qiladi. Qolaversa, aholining ishsiz qatlamini ish bilan ta’minlab beradi. Shu jihatda Boysun tumanida joriy yil davomida hududiy investitsiya dasturi asosida, umumiy qiymati 173 milliard 381 million so‘mlik 39 ta loyihani amalga oshirish, 497 ta yangi ish o‘rinlari yaratish reja qilingan. “Azia construction” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan tumanda alyuminiy eshik-romlar, mebellar ishlab chiqarish korxonasining ish boshlashi ana shunday istiqbolli loyihalarning biridir.
To‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 200 ming dollarni tashkil etadi. Ushbu korxona yiliga 3,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Aholining 20 nafar ishsiz ahli ish bilan band etgani, ana shuncha xonadonni doimiy daromad manbai bilan ta’minlashga xizmat qilayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni...

“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga...

Sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun...

Yangi markaz ishga tushdi

InfinBank o‘z faoliyati davomida hududiy tarmog‘ini izchil kengaytirib, zamonaviy...
KunTun
KunTun