Hislati ibrat

Date:

Muzrabot tumanining “Anorzor” mahallasi ahli o‘zlarining fuqarolik burchlarini bajarib, yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lashadi. Shuning uchun ham ushbu mahalla soliq qarzdorligidan holi hududga aylangan. Har ishi bilan jamiyatga ibrat va namuna bo‘lgulik “Anorzor”ga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashrif buyurdi va mahalla nuroniylari va faollar bilan uchrashdi. Aytish lozimki, mahalladagi har bir ish tizimli va namunali tashkil etilgan.


Fuqarolarning soliq madaniyatiga rioya etayotganligi esa tahsinga sazovor. Ayni shu sababdan ham mahallaning ichki yo‘llari asfaltlab beriladigan bo‘ldi. Yaxshi amallarning mukofoti bu bilan kifoyalanmadi, balki mahalladagi ishsiz 15 nafar xotin-qiz va 6 nafar alohida toifadagi yoshga o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun subsidiya asosida tikuvchilik dastgohi, asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun