Ulug‘bek Qosimov saylovda ovoz berdi

Date:

Bugun xalqimiz hayotida muhim kun. Yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan, ertasini va kelajagini yanada farovon bo‘lishini istagan fuqarolar borki, mamlakatning kelgusi yetti yillik hayotida tub burilish yasay oladigan davlat rahbarini saylash uchun Prezident saylovida ishtirok etmoqda. 

Viloyatimizda ham soat 8:00 dan boshlab viloyatda mavjud 861 ta saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari boshlandi.

Saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha shart-sharotirlar yaratilgan bo‘lib, saylov jarayonlarida fuqarolar o‘z xohish irodasini emin-erkin ifoda etmoqda. 

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham Termiz shahridagi Yoshlar markazida joylashgan 260-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Viloyatimiz rahbari ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida o‘zi munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.

—  Mazkur  uchastkada “Shodlik” mahallasida istiqomat qiladigan 2 ming 659 nafar fuqaro Prezident saylovida ovoz berishi uchun roʻyxatga olingan. Muddatidan oldin 161 nafar fuqaro ovoz berdi, — deydi 260-saylov uchastkasi raisi Gulnora Xolmamatova. —Shuningdek, ushbu saylov uchastkasida ovoz beruvchi sifatida ro‘yxatga olingan 29 nafar saylovchi bu yil Prezident saylovida ilk bor  ishtirok etmoqda.

Qolaversa, saylov uchastkasiga kelib ovoz berish imkoniyati bo‘lmagan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ham ushbu saylov uchastkasida ko‘chma saylov qutilari tashkil etilgan.

260-saylov uchastkasida to‘rtta siyosiy partiya, OAV vakillaridan iborat kuzatuvchilar bilan bir qatorda, AQShdan tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchi ham ochiq va oshkora tarzda bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda.

Adolat MO‘MINOVA,

Naimullo MUHIBULLOYEV

(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun