Surxondaryoda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish boshlandi

Date:

Bugun, 9-iyul mamlakatimizda muhim siyosiy voqea — muddatidan ilgari oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boshlandi. Soat 8:00 dan e’tiboran Surxondaryoda ham barcha saylov uchastkalari uchastka saylov komissiyalari a’zolari hozirligida tantanali ravishda ochilib, ovoz berish jarayonlari boshlandi.

Xususan, Denov tumanida joylashgan 690-saylov uchastkasida “Chim” mahallasida yashovchi, 100 yoshni qarshilagan Xurram Ishqobilov va uning turmush oʻrtogʻi 95 yoshli Urpiya Eshqobilova 15 nafar oila a’zolari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berishdi.

— Mazkur  uchastkada 2 ming 423 nafar fuqaro Prezident saylovida ovoz berishi uchun roʻyxatga olingan. Muddatidan oldin 116 nafar fuqaro ovoz berdi, — deydi 690-saylov uchastkasi raisi Jamshid Pardayev.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun