Sunnat to‘yida polvonlar kurashdi

Date:

Azaldan millliy bayramlarimiz, to‘ylarimiz-u sayllarimiz kurash-u ko‘pkarisiz o‘tmagan. Vaqt o‘tib esa bu udum va an’analar unutildi. Ammo, buning gashtini, zavqini ota-bobolarimiz o‘zgacha ekanini aytishganida buni ularning yuz-ko‘zlaridan sezish qiyin emas. Ana shunday an’analarni ommalashtirishni maqsad qilgan “Surxon sport xayriya jamg‘armasi” tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati bo‘yicha “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da turuvchi, boquvchisini yo‘qotgan 70 nafar oila farzandlariga sunnat to‘yi o‘tkazib berildi. Va shu munosabat bilan Qumqo‘rg‘on tumanidagi Alpomish sport o‘yingohida sportning milliy kurash turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ha, bu to‘yning, kurashning ovozasini eshitgan polvonlar-u tomosha qilishni istagan ko‘ngilli borki, Alpomish sport o‘yingohiga jam bo‘ldilar. Qolaversa, tuman hokimi, sektor rahbarlari, taniqli sport ustozlari va mashhur sportchilar ham tashrif buyurdi. Tuman hokimi Anvar Normamatov so‘zga chiqib, yurtboshimizning o‘zbek sportiga qaratayotgan e’tiborlari, o‘zbek sportchilarining jahon arenalarida erishayotgan yutuqlarini ta’kidladi va musobaqada ishtirok etayotgan sportchilarga omad tiladi. Shuningdek taniqli sport ustasi Abdulla Tangriyev kurash musobaqasiga tashrif buyurgan barchani bayram bilan tabriklab, musobaqani ochib berdi.
Ushbu kurash bahslari shiddatli va murosasiz bo‘ldi. Musobaqada qo‘shni viloyatlardan tashrif buyurgan mashhur kurashchilar ham ishtirok etib, zot uchun munosib kurash olib borishdi. Davrada polvonlarning kurashlari tomoshabinlarning xayqiriqlari bilan yanada qizg‘in tus oldi. Bilagida kuchi borlarning kurashi ham murosasiz va kutilmagan burilishlarga boy bo‘ldi. G‘oliblar esa yakunda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Muhimi g‘oliblik emas, muhimi ishtirok, muhimi kurashning qanday o‘tgani-yu, keng ommaning taassuroti deyish mumkin. Qolaversa, to‘ylarimizga kurash qaytsa, qadriyatlarimiz qadr topsa, yoshlarimizning polvonlikka, kurashga bo‘lgan ishtiyoqi va qiziqishi yanada ortishiga shubha yo‘q.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun