Kamondan o‘q otdi

Date:

Kamondan o‘q otish va o‘qni nishonga tekazish ham bir mahorat. Qolaversa, bu ajoyib va maroqli sport turi. Natijani ko‘rgani sayin, kmonchining zavqi oshadi va yanada ishtiyoq bilan harakat qiladi. Albatta, o‘qni nishonga tekkazish oson emas, kamondan o‘q otishning-da, o‘z sir-asrorlari, texnikasi va qonun-qoidasi bor. Buni bilish esa ushbu sport turida ustunlikni ko‘rsatadi. Sariosiyo tumanidagi “Sardor Parvin” bolalar oromgohida Milliy gvardiya xodimlari ko‘magida tashkil etilgan kamondan o‘q otish musobaqasida ishtirok etgan o‘g‘il-qizlar borki, ushbu sport turiga qiziqib qolishdi.
Ishtirokchilar orasida ko‘pchilik birinchi bor kamondan o‘q otdi. Milliy gvardiya xodimlari esa ularga ilk tushunchalarni o‘rgatib, boshlang‘ich tartib-qoidalarni o‘rgatdilar. Natija esa yomon bo‘lmadi. Ko‘ngillilarning-da o‘qi nishonga tegdi. Musobaqa qizg‘in tus oldi. Oromgohda dam olayotgan yoshlar esa vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, faollik ko‘rsatdilar.
Yakunda esa ana shunday faollik va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun