O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabridagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarori asosidan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini tayyorlash Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki joylardagi davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli jami ko‘chmas mulkka obyektlari soni 587 ming 728 ta bo‘lib, shundan 456 ming 928 tasi Yakka tartibdagi turar joy obyektlari, 47 ming 986 tasi bo‘sh yer maydonlari, 43 ming 274 tasi ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar, 225 ta maxsus uylar va 39 ming 315 tasi noturar joy obyektlarini tashkil etadi.
Shuningdek, 2023-yilning 6 oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlariga 3 ming 73 ta yangi manzil berilgan bo‘lsa, shundan 1 ming 67 ta noturar-joyga va 2 ming 6 ta turar-joy obyektlariga to‘g‘ri keladi.Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga 2023-yil 6 oyi davomida ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan jami 22 ming 119 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, 989 tasi DXM tomonidan bekor qilingan, 4 ming 949 tasi rad etilgan, 395 tasi to‘lov jarayonida va 15 ming 450 tasi ijobiy yakunlangan.
Obyektlar kesimida olib qaralganda 162 tasi ko‘p qavatli uylar, 3 ming 119 tasi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar, 4 ming 122 tasi noturar bino-inshootlar, 10 ming 799 tasi yakka tartibdagi uy-joylar, 3 ming 873 tasi yer uchastkalariga to‘g‘ri kelishi maʼlum bo‘ldi.
I yarim yillik natijasiga ko‘ra…
Date: