TerDUning hamkorlari 3 taga ko‘paydi

Date:

O‘quv jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish va salohiyatli kadrlar tayyorlash maqsadida oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikning o‘rni nihoyatda katta. Termiz davlat universitetida ham bu borada e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotir. Universitet rektori, professor Avazjon Marahimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Malayziyaning nufuzli Perlis, Utara hamda Terengganu universitetlarida bo‘lib, mazkur OTMlar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvlar davomida o‘qituvchi-talabalar almashinuvi, shuningdek, turli ilmiy loyihalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.
TerDU delegatsiyasi birinchi navbatda Perlis universitetida bo‘lib, ilmiy-innovatsion yo‘nalishlarda nufuzli anjumanlar tashkil qilishni muhokama etishdi. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, magistrant, tayanch doktorantlarning ilmiy ishlariga hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi yetakchi olim-professorlarni jalb etish kabi qator masalalarda o‘zaro kelishuvga erishdilar.
Shundan so‘ng, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari malayziyalik talabalar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlarini ham o‘tkazishdi. Jumladan, TerDU rektori sun’iy intellekt istiqbollari hamda uning rivojlanish tendensiyalari haqida ma’ruza qildi. Amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri, professor Chori Normurodovning «Nave-Stoks tenglamalarini uyurma-tok funksiyasi tizimida sonli modellashtirish» mavzusidagi ma’ruzasi esa tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Delegatsiya a’zolari Malayziyaning Utara universitetida yaratilgan shart-sharoit, u yerdagi ilm-fanga oid yangiliklar bilan ham tanishdi. Mazkur universitetning zamonaviy, qulay va yorug‘, shinam kutubxonasiga sayohat esa esda qolarli bo‘ldi. U yerda talabalar ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni o‘qib-o‘rganishlari, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun qulayliklar yaratilgan.
Navbatdagi tashrif Malayziyaning Terengganu universitetiga bo‘ldi. Termiz davlat universiteti rektori Malayziyaning Terengganu universiteti rektori, professor Mazlan bin Abd Gaffar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchi, doktorant, talabalar almashinuviga erishish, ilmiy loyihalar ustida ishlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Aytish kerakki, mazkur kelishuvlar ta’lim tizimida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, universitetlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda Termiz davlat universiteti xorijdagi 50 dan ortiq nufuzli universitetlar bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Endilikda ular soni yana 3 taga ko‘paydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...

Yangi energetika loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Daqing Deep Aureus...

Ayrim avtomobillarga gaz quyish taqiqlanadi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab gaz ballonlari bo‘yicha hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan,...

Yoshlar va rahbarlar ochiq muloqotda uchrashdi

Yoshlarning muammo va takliflarini eshitish, ularning kasbiy hamda ijtimoiy...
KunTun
KunTun