Muzrabotlik sportchi uchinchi…

Date:

Har bir sport turning o‘z qoidalari, jang qilish uslubi bor. Sportchi esa ana shu talablar asosida shug‘ullanadi, o‘z mahoratini oshiradi. Ayni shu jihatdan qo‘l jangi sport turida ham shunday. Yurtimizda, vohamizda ham qo‘l jangi keng ommalashgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda ham sportchilarimiz qator yutuqlarga erishib kelmoqda.
Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida qo‘l jangi sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati yangi sportchilarni kashf etishga xizmat qildi. Chempionatda qo‘l jangi sport turi ustasi Odil Xolmurodovning shogirdi muzrabotlik Husniddin Ro‘ziyev ham ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyish etdi. Husniddin 73 kilogramm vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun