Aholi bandligi ta’minlanmoqda

Date:

Yurtimizning qulay iqlim sharoiti, unumdor tuprog‘idan yilda bir necha bor hosil olish imkoni borligi xalqimizning omadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mehnat bilan topilgan mablag‘ va daromad esa totli. Ayniqsa, g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga qayta ekin ekish maqsadida ishsiz fuqarolarga bo‘lib berish tartibining joriy etilgani esa ishsizlarning-da qo‘shimcha daromad ko‘rishlariga xizmat qilayotir.
Angor tumanining “Yuqori Tallimaron” mahallasi hududidagi g‘alladan bo‘shagan yer maydoni “Yoshlar daftari”ga kiritilgan “Qizil” toifadagi 34 nafar yoshga yoshga bo‘lib berildi. Bundan tashqari, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolarga esa jami 30 gektar yer maydoni ajratib berildi. Ayni paytda yer maydonlarini shudgorlash va ekin ekishga tayyorlash jarayoni qizg‘in tus olgan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun