1v1.lol slope unblocked io games

YIL TO‘GARAK RAHBARI ANIQLANDI

Date:

Bugungi kunda to‘garaklar ham ta’lim-tarbiya tizimining bir bo‘lagiga aylanib, yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etayotir. Albatta, maktab ta’limidan keyin o‘quvchining biror fan yoki kasb-hunar, san’atga oid to‘garaklarga ishtirok etishi majburiyat tusini olgan. Bundan ko‘zlangan maqsad esa bitta — darsdan keyin yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etishdir. Ana shundagina bola bekorchilikdan beboshlik qila olmaydi yoki illatlarga qarshi kurashmaydi.


Shu o‘rinda aytish kerakki, har bir to‘garak bolaning ishtiyoqi, qiziqishlari va layoqatiga qarab tanlanadi. Ana shundagina ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. Ana shundan so‘ng esa to‘garak rahbarining mahorati, bilim va tajribasi ham katta ahamiyatga ega. Bari uzilmas zanjirdek bir butunlik hosil qilar ekan, tanlov to‘g‘ri qilingan, vaqt to‘g‘ri taqsimlangan bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Yangi imkoniyatlar oyligi” doirasida “Yil to‘garak rahbari” tanlovi e’lon qilingani esa to‘garak rahbarlarining faoliyatini, mahoratini oynada aks ettirgandek bo‘ladi deyish mumkin. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hamda ilg‘or ish tajribalariga ega bo‘lgan to‘garak rahbarlarini aniqlash maqsadida “Yil to‘garak rahbari” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Tanlovda hunarmand va qo‘l mehnati buyumlarining ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Unda to‘garak rahbarlari va ularning shogirdlari tomonidan tayyorlangan buyumlar, o‘yinchoqlar o‘rin oldi. Aytish kerakki, ko‘rgazma tomoshabin-u hakamlarni ham birdek e’tiborini tortib, qiziqishini oshirdi. Shuningdek, tanlov ishtirokchilarining erishgan yutuqlari, kasbiy mahoratlari ham inobatga olindi. Yakunda esa ishtirokchilar nizomga muvofiq baholanib, g‘oliblar aniqlandi. Birinchi o‘rin boysunlik hunarmand, to‘garak rahbari Dilnoza Axmadovaga nasib etdi va Dilnoza “Yil to‘garak rahbari” tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanmani qoʻlga kiritdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Siz kelmang o‘zimiz boramiz”

Sho‘rchi tumanining “Olatemir” mahallasida “Siz kelmang o‘zimiz boramiz” tamoyili...

Bunyodkorlik ishlari davom etmoqda

Angor tumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining eski...

“Ma’naviyat sektori”ni namunali yo‘lga qo‘yish maqsadida

Ta’lim muassasalarida, tashkilot va idoralarda, mahallalarda “Manaviyat sektori”ning faoliyat...

Hamkorlik yangi bosqichda

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti...
KunTun
KunTun