Ota aliment pulini oldindan to‘lab berdi

Date:

Hech kim ajrashish, oilasini parokanda qilish uchun turmush qurmaydi. Yaxshi niyat bilan, qo‘sha qarish, farzandli bo‘lish baxtini o‘ylaydi. Ammo, turmushning mushtlariga hamma ham birdek sabr-bardosh bera olmaydi. Alaloqibat oila tanazzulga yuz tutib, begunoh norasidalar tirik yetimga aylanadi. Otalar farzandlari ta’minotini bo‘yniga oladi. Xolbuki, ajratiladigan mablag‘ farzandlarining kam-ko‘stini to‘ldirib, qornini to‘yg‘azishga yetarmikan?..
Shundan so‘ng esa ona aliment undirish ilinjida sudga bergan, ota dunyoga keltirib qo‘ygan farzandlarining ta’minoti uchun imkoniyati yo‘qligini ro‘kach qiladigan o‘yin boshlanadi. Xolbuki, voyaga yetmagan bolaga aliment to‘lash tartibini ota-ona o‘zaro kelishgan holda belgilashga haqli. Ushbu majburiyat ixtiyoriy ravishda bajarilmasa, ota yoki onadan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan Mansur Jafarovdan voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Byuroning Angor tuman bo‘limi xodimlari ajrim yoqasida turgan oila vakillari bilan uchrashib, voyaga yetmagan farzandlarining kelajagi uchun o‘rtadagi kelishmovchiliklarga barham berib, yarashish taklifi berildi. Biroq, yarashtirishga bo‘lgan harakatlar besamar ketgan bo‘lsa-da, ota farzandlarining voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pulini oldindan to‘lab berish imkoniyati borligini bildirdi. Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan voyaga yetgunga qadar aliment miqdori hisoblab berildi va qarzdor ota 70 million so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi. Hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro hujjati muddatidan oldin tugatilib, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun