Tom ma’noda xalqning xohish irodasining ifodasi hisoblanadigan saylov adolatli, shaffof, qonun doirasida o‘tishi uchun ham saylov uchastkalarida saylovchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi muhim.
Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlanishiga ham kam vaqt qolmoqda. Xo‘sh, viloyatimizda mavjud saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganmi, saylovchilarning elektron ro‘yxati to‘liq shakllantirilganmi, shuningdek, uchastkalarda mobil aloqa vositalari, internet to‘liq ishlab turibdimi? Bu kabi savollarga batafsil javob berish maqsadida Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Komissiya raisi Abdusalom Xo‘jaqulov boshqarib borgan ushbu yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha Koʻchmas mulk obyektlari manzillarining yagona reestri va Koʻchmas mulk obyektlarining yagona reestrini yuritilishini ta’minlash, fuqarolarni uyma-uy yurib oʻrganish orqali ularning pasport ma’lumotlarini koʻchmas mulk obyektining kadastr raqamlariga bogʻlash vazifasi yuklatilgani qayd etildi.
Shunga koʻra, 2023-yil 9-iyulda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha SJBAT tizimiga viloyat boʻyicha mavjud 861 ta saylov uchastkalarining 844 tasi ochiq, qolgan 17 tasi yopiq saylov uchastkasi boʻlib, ushbu saylov uchastkasida jismoniy shaxslar ya’ni fuqarolarga tegishli 547 577 ta koʻchmas mulk obyektlariga toʻgʻri keladi. Saylov uchastkasining barchasi “UZKAD” dasturiy axborot tizimiga toʻliq yuklanib, АrcGis elektron bazasi yaratilgan hamda har bir uchastkaning chegaralari boʻyicha xaritalari chizilib, axborot tizimiga toʻliq yuklangan.
Maktab binolarida 685 ta (79,7 %);
Kollej, litsey va texnikum binolarida 58 ta;
Mahalla binolarida 13 ta;
Tibbiyot, sanatoriya va dam olish maskanlari binolarida 19 ta;
Jazoni ijro etish joylarida 2 ta;
Davlatga qarashli korxona va tashkilot binolarida 25 ta;
Madaniyat va sport markazlari binolarida 24 ta;
Harbiy qism binolarida 15 ta;
Oliy oʻquv yurti binolarida 7 ta;
Adliya va Davlat xizmatlari markazi binolarida 9 ta;
Tadbirkorlik subyektlari binolarida 4 ta asosida joylashtirilgan.
Bu holat oʻtgan referendumga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 2 ta holatda, ya’ni Jarqoʻrgʻon va Uzun tumanlarida Saylov uchastkasi binolari oʻzgargan, 2 ta holatda Oltinsoy tumanida Saylov uchastkasi chegarasi oʻzgargan boʻlsa, 1 ta holatda Sherobod tumanida Yangi tashkil qilingan saylov uchastkasi tashkil etilganligini koʻrish mumkin.
Shuningdek, joriy yilning 30-31-may kunlari 48 nafar hududiy trener hamda 3-10-iyun kunlari 861 ta saylov uchastkalarining 1698 nafar operatori SJBAT tizimida ishlash boʻyicha oʻqitildi. Viloyat shtabi tomonidan 861 ta uchastkalarining hamda 15 ta tuman (shahar) shtablarining SJBAT tizimida ishlash boʻyicha login va parollari yaratilib, xavfsizlik hamda shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatmaslik, bu boʻyicha qonun hujjatlarida javobgarlik belgilanganligi boʻyicha tushuntirishlar berilgan holda tarqatildi.
Saylovchilar roʻyxatida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Davlat kadastrlar palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilmoqda.
Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV,
(surat)