O‘T BALOSI OFATDIR

Date:

Eshitdingizmi, qaysidir viloyatda katta yong‘in chiqib, bozori yonib ketibdi. …do‘konga o‘t ketibdi… shu va shu kabi boshqa mish-mish va xabarlar quoqqa chalinadi. Aslida esa ko‘za kunida emas, kunida sinadi deganlaridek, bunday gap-so‘zlar har birimizni sergaklantirishi, ishimizga va mol-mulkimizga nisbatan xushyor tottirishi kerak.
Shu maqsadda Jarqo‘rg‘on tumani FVB xodimlari va tegishli soha vakillari tomonidan Jarqo‘rg‘on kiyim-kechak bozori va uning atrofida joylashgan savdo do‘konlarining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganib chiqildi. Aytish kerakki, har qanday hodisa va ko‘ngilsizlikka inson omilining ta’siri sabab bo‘ladi. Shunday ekan, har bir fuqaro, u mijoz bo‘ladimi yoki sotuvchi ehtiyotkor bo‘lishi, yong‘in xavfsizligiga rioya etib, bordi-yu favqulodda holatlarda yong‘in sodir bo‘lgudek bo‘lsa, birinchi navbatda qanday yo‘l tutishi kerakligini bilishi shart va zarur. Bu o‘zi va o‘zgalarning hayoti uchun ham muhimdir.
Soha mutaxassislarining o‘rganishlari davomida bozor xodimlari va savdo do‘konlarining sotuvchilari bilan yuqoridagi holatlar yuzasidan, xususan yong‘in chiqqanda qanday harakat qilishlari bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, tumanning “Surxon sohili” mahallasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in chiqqanda tuman FVB 7 EKK xodimlarining harakatlari o‘quv mashqi o‘tkazish natijasida sinab ko‘rildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun