Amir Temur mahallasi namunali mahallaga aylantirilayotir

Date:

Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, amaliy ishlar negizida xalq manfaati, turmush tarzini yaxshilash, hayotini farovonlashtirish maqsadi yotadi. Bunda birinchi qadam mahalladan boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Shu sababdan ham Surxondaryo viloyati hokimining topshirig‘iga asosan Termiz tumanidagi 4 ta sektorda bittadan og‘ir hudud sifatida mahallalar tanlab olinib, amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Termiz tumanidagi 2-sektor rahbari, tuman prokurori Botir Oltiboyev Amir Temur mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarni ishchi guruh a’zolari ishtirokida muhokama qilib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan seminar o‘tkazdi. Seminar davomida mahalladagi har bir ko‘chaga tumandagi mutasaddi tashkilot va korxonalardan mas’ullar biriktirilib, byudjet tushumlarini tushirish, ko‘chalarga tosh-shag‘al yotqizish, mahallada obodonlashtirish ishlari olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng, mutasaddilar mahalladagi xonadonlarda bo‘lib, aholining yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli bilan tanishishdi. Mavjud muammolarni bartaraf etish tadbirlari olib borildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettirilayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun