“Darband-Denov” yo‘nalishida 4 tasmali avtomobil yo‘li qurilmoqda

Date:

Avtomobil boshqaruvchi fuqaro borki, manziliga yetguniga qadar ravon va tekish yo‘llardan yurishni istaydi. Ammo, “Darband-Denov” yo‘nalishi bo‘ylab qatnaydigan yo‘lovchi-yu haydovchi ahli borki, ushbu hududdagi yo‘llarni yaxshi biladi. Shuni ham aytish kerakki, aholiga qulaylik yaratish va noqulayliklarning oldini olish maqsadida “Darband-Denov” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining qurish ishlari boshlab yuborilgan. Bu yo‘llarda katta qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqdaki, yo‘l voha iqlimiga mos holda 4 tasmali sementbeton qoplamaga o‘tkazgan holda rekonstruksiya qilinmoqda.


Bu esa manzilga yetishda, mashinalar harakatlanishida katta qulaylik yaratadi. Tirbandliklarning oldini olib, turli yo‘l transport hodisalarining oldini oladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Boysun tumanida bo‘lib, “Darband-Denov” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.


Mazkur yo‘l Surxondaryoda turizmni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan “Oltin uchburchak” turizm xalqasini tashkil etish dasturiga asosan xalqaro moliyaviy institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida jami 471 kilometr yo‘llarni ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozirda esa “Darband-Denov” yo‘nalishidagi 4R-105 hamda 4R-100 avtomobil yo‘llarining Boysun tumanidan o‘tuvchi 76 kilometr masofasidagi qismida ishlar davom ettirilmoqda.
Viloyat rahbari qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishib, quruvchilar bilan suhbatlashdi. Vohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va turizm salohiyatining oshishida muhim hisoblangan ushbu yo‘l qurilishini sifatli amalga oshirish bo‘yicha zaruriy vazifalarni belgilab berdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

PSIXOLOGLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI

Termiz shahrida joylashgan 26-umumta’lim maktabida "Maktabgacha va maktab ta’limi...

Shirinoza mutlaq g‘olib

Termiz shahridagi Yoshlar markazida mental arifmetika bo‘yicha respublika ochiq...

Tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda

Prezidentimizning tibbiyot sohasiga oid qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni...

Shoh ham, piyoda ham…

Hayot xuddi shaxmat o‘yiniga o‘xshaydi. Unda hammaning o‘z o‘rni...
KunTun
KunTun