TTA Termiz filialining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Date:

Surxondaryo viloyatida tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoj va talabdan kelib chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tashkil etilgan edi. O‘tgan vaqt ichida talaba-yoshlar tibbiyot sirlari bo‘yicha o‘qib, bilimlarini amaliyotda sinadilar. Bu yil esa ushbu oliygohning ilk 294 nafar bitiruvchisi o‘qishni tamomlab, viloyatdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borishga hozirlik ko‘rishayotir.


Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali ilk qaldirg‘ochlari qasamyod qabul qilib, mustaqil ish faoliyatlari tomon uchirma bo‘ldilar. Bitiruvchilarning quvonchli va hayajonli daqiqalariga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham sherik bo‘ldi.
Viloyat rahbari bitiruvchilarni tibbiyot oliygohini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan tabriklab, ulardan o‘z qasamyodlariga sodiq qolishlarini, insonlar sog‘ligini asrashda fidoyilik bilan mehnat qilishlarini so‘radi. O‘z tabrik so‘zi yakunida bitiruvchilarni vrach maqomini olayotganliklari bilan samimiy muborakbod etib, xalqimiz salomatligi yo‘lidagi sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.


Shundan so‘ng, oliygoh bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi. Endilikda 294 nafar yosh shifokorlar Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida o‘z faoliyatlarini olib boradi. Aytish kerakki, hozirda viloyatimizda 3,5 mingdan ortiq malakali shifokorlarga ehtiyoj mavjud bo‘lib, joriy o‘quv yilida tibbiyot oliygohlari bitirayotgan 423 nafar vrach viloyatdagi tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tabiatni asragan — kelajakni asraydi

Insonning tabiat bilan boʻlgan rishtalari qadimdan uzilmagan. Yerning bagʻridan...

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...
KunTun
KunTun