G‘oliblik nashidasini surdi

Date:

Respublikamiz bo‘ylab “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazib kelinayotir. Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlari o‘z iqtidor va mahoratlarini ishga solayotir. Yaxshi xabarlar ovozasi esa kunda, kun ora tarqalib, hududlar ahlini-da, shod etayotgani rost.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan shashka sport musobaqasining respublika bosqichi ham yakuniga yetdi. Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan 16-21, 22-26, 27-30 yoshli erkaklar va ayollar ishtirok etdi. Shashka o‘yinchini tezkorlikka, yetti o‘lchab bir kesishga o‘tgatadi. Musobaqaning final bosqichida esa ana shunday aqidaga amal qilgan ishtirokchilarning qo‘li baland kelib, g‘oliblik nashidasini surdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra 22-26 yoshli ayollar o‘rtasida surxondaryolik ishtirokchi — Qiziriq tumani, “Shodlik” mahallasidan Charos Ko‘charova 1-oʻrinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning respublika bosqichida gʻoliblikni qo‘lga kiritgan barcha yosh toifasidagi yoshlar medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun