MIBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Date:

Jumaniyazov Jumanazar Yavbasarovich Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U 2021-yilning may oyidan buyon ushbu lavozimda ishlagan Xudoyorov Аnvar Eshmurodovichning o‘rniga kelgan.
J.Jumaniyazov 1981-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. Mehnat faoliyati davomida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar, Xorazm hamda Toshkent viloyatlari boshqarmalarida inspektor, katta inspektor, bo‘lim boshlig‘i, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar u Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasida katta inspektor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik...

Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va...

Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va...

Munosiblar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning...
KunTun
KunTun