Stritbol: Surxon qizlari birinchi, yigitlarchi?

Date:

Stritbol basketboldan o‘sib chiqqan sport turi bo‘lib, ko‘pchilik uni shunchaki ko‘cha basketboli deb o‘ylaydi. Unda standart qoidalar bilan bir qatorda shou elementlari va turli xil ijodiy harakatlar ham mohirona birlashtirilgan.
O‘yin har birida 4 kishidan iborat ikkita jamoada o‘tkaziladi. Ushbu sport turi yurtimizda ham keng ommalashib, yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilib kelayotir. Mahallalarda ham tez-tez stritbol bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, kuch va imkoniyatlar, mahoratlar sinovdan o‘tkazib kelinmoqda. Qashqadaryo viloyatida stritbol bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqasining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda turli yosh toifalari bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida respublikamizning barcha hududlaridan ko‘ngilli yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. 27-30 yoshdagi qizlar jamoasi o‘rtasida kechgan bahslarda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani, “Bo‘ston” mahallasi qizlari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakuniy bahslar davom etmoqda. Yigitlarimizdan ham xushxabarlarni kutib qolamiz.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun