Yoz o‘tmoqda soz

Date:

Yoz. Jazirama issiq o‘z kuchini ko‘rsata boshlagan palla. Kun tig‘ida ko‘chaga chiqishga-da cho‘chiydigan mana shunday damda oltinsoylik o‘quvchi-yoshlar ta’tilni maroqli o‘tkazishayotir. Buning uchun tog‘ qo‘ynidagi dam olish oromgohlariga ham borishgani yo‘q. Shunchaki, o‘zlari tahsil oladigan maktablarga borib, sinfdosh va maktabdoshlari bilan vaqtlarini mazmunli o‘tkazishyapti xolos.

Sababi Oltinsoy tumanidagi taʼlim muassasalarida 2023-yil yoz mavsumi uchun tumandagi umumtaʼlim maktablarida maktab oldi sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etilgan. Ushbu dam olish maskanlariga 600 nafarga yaqin o‘quvchi qamrab olingan.


Xususan, tumandagi 5-sonli umumtaʼlim maktabi qoshida tashkil etilgan “Lochin” nomli maktab oldi bolalar oromgohi ko‘plab o‘g‘il-qizlarni o‘z bag‘riga oldi. Bu yerda bolajonlarning vaqtlari mazmunli va taassurotlarga boy o‘tishi uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. Bolalarni kuzatsangiz, kimdir futbol, kimdir stol tennis bilan shug‘ullanayotir. Kimlardir surat solayotgan bo‘lsa, kitobsevarlar mutolaa bilan band. Ayniqsa, do‘stlar davrasida bo‘ladigan bunday mashg‘ulotlar yanada qiziqarli.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun