Saksonkapalik bolalar endi bog‘chaga boradi

Date:

Farzandimiz bilan faxrlanishni istasak, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni bolaligidan boshlagan maqul. Oilada-ku, qo‘ldan kelgancha nimanidir o‘rgatishga, tashqi dunyo bilan tanishtirishga harakat qilamiz. Ammo, bu ishni o‘z ustalari qilgani ma’qul. Ya’ni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday tushuntirishlar, yangi bilim va tanishuvlar qiziqarlilik kasb etadi. Ayniqsa, tarbiyachi mutaxassislarning yondashuvi, qo‘llaydigan metodlari bolalarning e’tiborini tortishi, faollikka chorlashi aniq.
Bu masala esa Sho‘rchi tumanining “Saksonkapa” mahallasi ahlining og‘riqli nuqtasi desak ham bo‘ladi. Sababi tuman markazidan 16 kilometr uzoqda joylashgan bu mahallada bog‘cha yo‘q, uzoq masofa bosib bog‘chaga olib borishga esa hamma ota-onalarning-da yo imkoni, yo iloji yo‘q. Yetmaganiga mahallada 4 ming 700 nafar aholi istiqomat qilib, bog‘cha yoshidagi bolalar soni 564 nafarni tashkil etadi. Agar shuncha bola bog‘chaga bora olmayotgan bo‘lsa, demak masala jiddiy.


Ana shunday jihatlar inobatga olingan holda mahallada 150 o‘rinli 30-sonli zamonaviy davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Bog‘chaning tantanali ochilish marosimi esa e’tiborga molik tadbirga aylanib ketdi. Tuman hokimi, Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, mahalla ahli ushbu ochilish bilan qutladi. Mas’ullarning ta’kidlashicha, bu boradagi ishlar hali davom etadi va saksonkapalik barcha bolalarning bog‘chaga qamrovi ta’minlanadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Haftalikka start berildi

Katta hayot ostonasida turgan yoshlar oliy ma’lumot diplomiga ega...

Kerakli yordam ko‘rsatildi

Og‘ir xastaligi tufayli sho‘rchilik Sayram Qurbanova mahalladagi ijtimoiy xodim...

Javobgarlik bor…

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish har...

Tartib tasdiqlandi

Hukumatning 07.07.2025-yilgi qarori bilan harbiy xizmatga tanlab olish tartibi tasdiqlandi. Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari...
KunTun
KunTun