Kichik sanoatdagi salmoqli ishlar

Date:

Bodom yog‘ida ko‘p miqdorda linol va olein kislotalari, A, F, E va B2 vitaminlari, magniy, fosfor, rux, karotin va boshqa turdagi foydali moddalar saqlanadi. Mahsulot ikki — shirin va achchiq bodom navlarining aralashmasini press qilish orqali ajratib olinadi. Yuqori miqdorda E vitamini mavjudligi tufayli kosmetik bodom yog‘i ajinga qarshi kremlarga ajoyib muqobil bo‘ladi. U yuz terisini silliqlashtiradi, taranglik va tonusini tiklaydi, ovalni tortadi va rangini yangilaydi. Qolaversa, ushbu mahsulot qo‘llarimiz, tirnoq va sochlar uchun ham samarali vosita hisoblanadi.
Foydaga kon bo‘lgan bodom yog‘i Qumqo‘rg‘on tumanidagi “KUMKURGAN INTER TRADE” MChJ qarashli zavodda ishlab chiqarilmoqda.
Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov haftalik ish rejasiga muvofiq, tumanda mavjud ishlab chiqarish korxonalar faoliyatini o‘rganish maqsadida “Surxon sohili“ mahallasidagi kichik sanoat zonalariga tashrif buyurdi. Vaholangki, achchiq bodom yog‘i ishlab chiqariladigan zavod ham aynan ushbu kichik sanoat zonasida joylashgan.
Umumiy yer maydoni 0,55 gektar bo‘lgan loyiha qiymati 4.7 milliard so‘mlik ushbu kichik sanoat zonasida 8 ta tadbirkorlik subyektlari o‘z ish faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 54 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.
Ushbu kichik sanoat zonasida bodom yog‘idan tashqari qandolat mahsulotlari, oqqandlar ham ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahsulotlar mahalliy aholi dasturxoniga tortiq qilinadi.

Haqgo‘y

Oldingi sahifaYoz o‘tmoqda soz
Keyingi sahifaMuammolar o‘rganildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Og‘ir mahalla”da holat qanday?

Sariosiyo tumanidagi “Kelajak sari” MFYda “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida...

Banan yetishtirishda yangicha yondashuv

Surxondaryoning issiq iqlimi qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun...

Uch avlod — bir maktab, bir maqsad

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tajriba, bugungi...

Aktivlarga yo‘l yengillashmoqda

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi...
KunTun
KunTun